1. Uch taloq qilingan ayol yana shu erkakka turmushga chiqishi mumkinmi? 1-qism

    Shayx Obidxon qori
    http://www.islomovozi.com

    Islom Dini Loyihasi. Rabiyal avval, 1430-yil.
    http://www.islomdini.info -- diniy fatvo, ma'ruza, nasihat, dars, maqola, audio, video.

    # vimeo.com/3427523 Uploaded 478 Plays 0 Comments
  2. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi Robbil A’lamin was-solati was-salaamu ‘ala sayyidina Muhammad wa ‘ala aalihi wa as’habihi ajma’in. Amma ba’d.
    Aziz birodarlar, muhtarama opalar, singillar, As-salaamu ‘Aleikum wa rohmatullohi wa barokatuh.
    Otabek ismli birodarimiz bizga musiqa haqida savol yo’llaganlar:
    “Hozirgi kunda to’ylarda chalinayotgan musiqa, karnay-surnaylarning hukmi nima va ularni eshitganga, o’yinga tushganga, artistlarga [raqqosalar] qanday azoblar bor? “ – deb yozibdilar.
    Biz musiqa masalasida avvalo mazhab ulamolarining so’zlariga murojaat qilaylik. Hanafiy mazhab ulamolari musiqa asboblarining barcha turini xarom deyishgan. Jumladan, chertib chalinadigan, urib chalinadigan, puflab chalinadigan asboblarni ular rad etganlar. Faqat to’yda, [ya’ni] nikoh to’yida chalinadigan doira bilan jangda chalinadigan do’mbaranigina halol deyishgan.
    Hashiyat ibnu ‘Abidiyn [o’z] kitobida yozadilar:
    [arabcha matn]
    Har qanday behuda ishlar, harakatlar makruhdir.
    [arabcha matn]
    Har qanday behuda ish deganda o’sha ishlarning o’zi ham va uni tomosha qilgan, eshitganlar ham mana shu hukmga doxil bo’ladilar.
    [arabcha matn]
    Raqs bo’lsin, masxarabozlik bo’lsin, chapak chalish bo’lsin, tor chalish, tanbur chalish, barbad, rubob, qonun, surnay, chang, karnay – bularning barchasi makruhdir. Chunki bularning hammasi kofirlarning odatlaridir.
    [arabcha matn]
    Doira va surnay ovoziga quloq solib, tinglab turish va bulardan boshqalarini ham eshitish xaromdir. Agar bularni qo’qqisdan, beixtiyor eshitib qolsa, uzrli bo’ladi. U eshitmaslikka harakat qilishi lozim, – deb yozadilar “Raddul muxtaar” muallifi Ibni Obidiyn.
    Yana, Astaraxsiy [?] rahimahulloh “Al-Mabsuut” kitobida yozadilar:
    [arabcha matn]
    Mana bu aytilgan ashula yoki yig’i solish, surnay chalish, do’mbara chalish – mana shunga o’xshash behuda ishlar uchun pul to’lab, ularni yollash joiz emas. Chunki ular ma’siyatdir – ma’siyatga pul to’lab yollash botildir.
    Yana, Saraxsiy [?] davom etib, bu so’zlarning oxirida [arabcha matn], ya’ni nikoh to’yida chalinadigan do’mbarani esa, uning zarari yo’q. Ya’ni unga pul to’lansa, yollansa, joiz.
    Takmiyatu Xashiyat Raddul Muxtar [?] kitobida yozadilar, ya’ni bu kitobda shahodati (guvohligi) rad etiladigan odamlarni mana shu o’rinda zikr qilganlarida, jumladan, muhannaslar va aytib yig’lovchilar, azada aytib yig’lab beruvchilar, to’yda ashula aytib beruvchilar, qushlar va cholg’u asboblar bilan o’ynovchilar (mana shular - va yana), salaflarni so’kuvchilar – bular, shahodati (guvohligi) qabul qilinmaydigan odamlar qatorida sanalganlar.
    Mana shu aytilgan masalalar mashhur hanafiy mazhabi ulamolar tomonidan aytilgan so’zlardir. Ammo bugungi kunda ko’pgina odamlar musiqa haqidagi so’zlarni “vahhobiylar”ning so’zi deb gapiradilar. Buni yo bilmasdan gapiradilar, yoki bila turib odamlarni chalg’itish va aldash uchun to’qib tarqatadilar.
    Endi mana shu kitoblarga – hanafiy mazhabining kitoblariga – asos bo’lgan hadislarga murojaat qilamiz.
    Ibn Maaja rahimahulloh rivoyat qilgan mana bu hadisga e’tibor beraylik:
    [arabcha matn]
    Abu Maalik Ash’ariydan rivoyat. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Ummatimdan bir guruh odamlar aroqni o’z otidan boshqacha ism bilan atab ichadilar. Ularning boshlari uzra cholg’u asboblari va ashulachi ayollar bilan bazm uyushtirishadi. Alloh ularni yerga yutqizib yuboradi va ulardan ba’zilarini maymun va to’ng’izlarga aylantiradi”.
    (Ibn Maaja, Ibn Hibbaan va boshqalar rivoyati; Alboniy sahih sanaganlar. )
    Yana, mana shu hadisni boshqacha iboralar bilan Imom Buxoriy ham rivoyat qilganlar.
    Shu hadisning sharhida “Fat’hul Baariy” sohiblari Ibn Haajar aytadilarki, “al-ma’azif”ning ma’nosi [arabcha matn], ya’ni cholg’u asboblaridir. Yana ba’zilar ma’azifdan murod ashulalar deyishgan.
    Yana, shu hadisning bir rivoyatida “Alloh tog’ni ularning ustiga qulatadi” deyilgan. Ya’ni, bir guruh odamlar tog’ yonbag’riga borib bazm uyushtirishadi, musiqa chalishadi, aroq ichishadi va kechasi bilan mana shunday o’yin-kulgu qilib chiqishadi. Tong yaqinlashganda – sahar paytida – tog’ning bir cho’qqisi qulab, ularning ustiga tushadi va ularning bir qanchalari halok bo’ladilar. Qolganlarini esa Alloh to’ng’iz va maymunlarga aylantiradi deyilgan.
    Yana, Ibn Haajar mana shu borada davom etib aytadilar:
    [arabcha matn]
    Bu to’ng’iz va maymunlarga aylantiriladi degan ibora haqiqatan bo’lishi mumkin. O’tgan zamondagi ba’zi ummatlarga bo’lgani kabi.
    [arabcha matn]
    Ularning xulqlarining o’zgarishi nazarda tutilgan kinoya bo’lishi mumkin, ya’ni bir majoziy tarzda aytilgan bo’lishi mumkin bu hadis, deydilar Ibn Haajar.
    [arabcha matn]
    Lekin mening nazarimda birinchi fikr to’g’riroqdir. Yuqoridagi hadisning siyoqi kelishi holatiga qarasangiz, birinchi ta’vil muvofiqroq keladi deydilar. Ya’ni bu maymun yoki to’ng’izlarga aylanib qolishi bu haqiqatdan bo’lishi ehtimolga yaqin deydilar.
    [arabcha matn]
    Bu hadisda xarom bo’lgan narsaning otini o’zgartirib, uni halol qilib olish uchun qilinadigan hiyla – ana shunday hiyla qiluvchi odamlarga nisbata qattiq bir va’iyd, ya’ni qattiq azoblar aytilganligini anglash kerak deydilar.
    [arabcha matn]
    Narsalarga chiqariladigan hukm asli mohiyatga qarab, illatga, sababga qarab bo’ladi, zohiriga qarab emas.
    Aroqning harom qilinishining illati, sababi mast qilish jihatidir. Ana shu mast qilish jihati nima narsada topilsa, uning oti aroqmi, boshqami nima bo’lishidan qat’iy nazar, mast qiluvchilik sifati-hislati bo’lsa, u xarom bo’ladi.
    Ana shunga ko’ra, insonlarni yo’ldan adashtiradigan, ularni xuddi aroq kabi hayollarini buzadigan, ahloqlarini buzadigan, boshqa narsalar ham xarom bo’ladi, deb masalaning bu jihatiga ham e’tibor berib ketganlar.
    Shayx Alboniy (rahimahulloh) mana shu mavzudagi hadislarning sharhida aytadilar:
    [arabcha matn]
    “G’inaa” – “ashula”ning barchasi xarom deb aytilmaydi.
    [arabcha matn]
    Balki ularning ichlaridan ayollarning qad-qomati, ularning harakatlari va boshqa shunga o’xshagan narsalarni ta’riflagan ashulalar bo’lsa, ular qat’iy xaromdir.
    [arabcha matn]
    Ammo o’shanday xarom narsalardan holi bo’lgan ashula bo’lsa, uning ko’pi makruhdir, ya’ni shunga berilish yaxshi ish emas – makruh.
    [arabcha matn]
    Ammo cholg’u asboblari esa, ular xaromdir.
    [arabcha matn]
    Cholg’u asboblarining xarom deyilganiga sabab, payg’ambar (s.a.v.) ning mana bu hadislaridir, deydilar shayx Alboniy (rahimahulloh).
    Mening ummatimdan shunday bir qavmlar paydo bo’ladilar. Ular zinoni va ipak kiyimni, aroqni va cholg’u asboblarini halol sanaydilar, ya’ni halol qilib olgan bo’ladilar,
    -- degan hadisni Imom Buxoriy ta’liq tarzida rivoyat qilganlar, Abu Dovud va boshqalar esa sahih sanad bilan rivoyat qilganlar.
    Demak, mana shu yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qilamizki, musiqasiz yoki faqat do’mbara va doira bilan aytilgan ashulalarni tinglash mumkin. Doirani nikoh to’yida ayollar chalishadi. Do’mbarani esa qadimda jang paytida erkaklar chalishgan.
    Vallohu a’lam, vas-salaamu ‘aleikum va rohmatullohi va barokatuh.

    # vimeo.com/4661447 Uploaded 771 Plays 2 Comments
  3. Bizga tumor haqida ma'lumot bersangiz. Ba'zi joylarda tumorni gunoh deyishadi. Ba'zi joylarda taqib yurishadi.

    ~Koreyadan Abdurahim.

    Dam solish, tumor taqish, ko'zmunchoqqa ishonish va isitma-sovutma qilish kabi amallar Islomdanmi?

    Shayx Obidxon qori: http://www.islomovozi.com/?p=149

    IslomDini Loyihasi: http://islomdini.info
    Honey River Media: http://honeyriver.org

    # vimeo.com/4866674 Uploaded 220 Plays 0 Comments
  4. Zinoning Shariyatdagi jazosi haqida ustozimiz Shayx Obidxon qori dars o'rgatibdilar.

    Dars mobaynida Rasululloh s.a.v.ning sunnatlaridan dalillar, hujjatlar va misollar keltirilgan. Ushbu jazolarning qattiqligidan ham ko'rinib turibdiki, xiyonat va zino jamiyatdagi eng og'ir jinoyatlardan hisoblanar ekan.

    Allohdan qo'rqaylik, birodarlar, singillar. Alloh barcha ochiq va hilvatda qilgan ishlarimizga Guvohdir. Hali hamma qilgan gunohlarga qattiq javob beradigan vaqrt kelmasdan, Allohga tavba qilib, unga yuz tutaylik. Besh vaqt namoz o'qib, Gunohlardan tiyilaylik. Chunki namoz Alloh hidoyati bilan insonni fahsh va uyatsiz ishlardan qaytarguvchi qudratga egadir!

    Ushbu darsni audio holatida http://www.islomovozi.com/?p=357 saytidan ko'chirib oling.

    "IslomDini" Loyihasi, Rabiyal Avval oyi, 1430-yil.
    http://www.islomdini.info
    http://islomdini.ning.com

    # vimeo.com/3506669 Uploaded 572 Plays 0 Comments

Shayx Obidxon qori (Uzbek)

IslomDini Loyihasi

Ushbu kanalda ustoz shayx Obidxon qorining ma'ruzalari, fatvolari va nasihatlarini tomosha qilib borasiz.

IslomDini Loyihasi ijodkorlari ushbu videolarni shayxning shaxsiy http://www.islomovozi.com saytlarida e'lon qilgan audio mp3 ma'ruzalari asosida…


+ More

Ushbu kanalda ustoz shayx Obidxon qorining ma'ruzalari, fatvolari va nasihatlarini tomosha qilib borasiz.

IslomDini Loyihasi ijodkorlari ushbu videolarni shayxning shaxsiy http://www.islomovozi.com saytlarida e'lon qilgan audio mp3 ma'ruzalari asosida tayyorladilar.

Shayxning video va audio mahsulotlarini Honey River Media USA tashkiloti orqali arzon bahoga yoki bepulga sotib olishingiz mumkin. CD va DVD disklar butun dunyo bo'ylab ishonchli pochta xizmati orqali yetkazib beriladi. To'lov disklar sizga yetib borganda keyin talab qilinadi. Ko'proq ma'lumot uchun http://honeyriver.org yoki info@honeyriver.org manzillariga murojaat qiling.

English: This channel promotes the video lectures by Sheikh Obidkhan qari, an Ahlis Sunnah wal Jamaa scholar from Uzbekistan. The materials are in Uzbek language.

Browse This Channel

Shout Box

  • IslomDini Loyihasi

    As-salom alaikum! Shayx Obidxon qori ma'ruzalarini tomosha qiling!

    by IslomDini Loyihasi

Heads up: the shoutbox will be retiring soon. It’s tired of working, and can’t wait to relax. You can still send a message to the channel owner, though!

Channels are a simple, beautiful way to showcase and watch videos. Browse more Channels.